ADIB SOBIR O'NARNI ESLAB...
Sobir Oʻnar Qoʻshrabotning bir-biridan soʻlim qishloqlarini, oʻsha qishloqlarning tanti, mard, doʻlvor, sodda va samimiy odamlarini oʻz asarlari orqali adabiyotimizga olib kirgan edi.
Joriy yilda atoqli yozuvchi, Qoʻshrabotning asl farzandi, oʻzbek nasrining zabardast vakili Sobir Oʻnar tavalludiga 60 yil toʻladi.
Shu munosabat bilan bugun Mudofaa vazirligiga qarashli Qoʻshrabot tumanida joylashgan harbiy qismda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi tashkil etilgan adib tavalludining 60 yilligiga bag'ishlangan xotira tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda tuman mutasaddilari, harbiylar, yozuvchining aʼzolari, maktabdosh doʻstlari, adabiyotixlosmandlari va keng ishtirokchilar ishtirok etishdi.