"Oqila ayollar" harakati — mahalla vijdoniga aylanishi kerakBugun tumanning “Buloqboshi” mahallasida katta ahamiyatga molik tadbir — “Oqila ayollar” harakati tuman forumi bo‘lib o‘tdi. “Oqila ayollar” — mahallaning vijdoniga aylanishi kerak degan shior ostida tashkil etildi.
Tadbirda tuman mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari va faol ayollar qatnashdi.
Forumda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yanada kuchaytirish, mahallalarda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oilaviy muammolarning ildiziga yetib borish, yoshlar tarbiyasida ayollarning o‘rni haqida muhim fikr va takliflar bildirildi. Ayniqsa, “Oqila ayollar” harakatining har bir mahallada izlanuvchanlik va donolik timsoliga aylanishi kerakligi alohida taʼkidlanib, faol ayollar taqdirlandi. Shuningdek, tadbir yakunida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan iyul oyida “Biz odam savdosiga qarshimiz” shiori ostida huquqiy-targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.
