Respublika Xalq banki raisi Qo‘shrabot tumanida
Respublika Xalq banki raisi Qo‘shrabot tumaniga kelib, hududning iqtisodiy salohiyatini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida u tumandagi uzumchilik, bog‘dorchilik va mayizni qayta ishlash sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.
Shu bilan birga, bank ushbu yo‘nalishlardagi loyihalarni amaliy yordam bilan qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Tashrif chog‘ida tuman tadbirkorlari va fermerlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, moliyaviy ko‘mak, investitsiya imkoniyatlari va sohalarni yanada taraqqiy ettirish masalalari muhokama qilindi.
Bank raisi hududning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.