Qo‘shrabotda naslli hayvonlar hamda parrandalarni yetishtiruvchi korxona tashkil etiladi.
Xususan, bugun tuman hokimi Dilshod Shakarboyev Niderlandiyaning “Hendrix Genetics” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Muloqotda kompaniya vakillari Samarqandda, xususan, Qo‘shrabotda naslli chorva mollari hamda parrandalarni yetishtiruvchi korxona ochish istagida ekanligini bildirdi.
Mazkur jarayonda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, amalga oshiriladigan genetik loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.
Endilikda, Kompaniya tumandagi “Lohmann” brendi orqali bu sohada ilg‘or texnologiyalarni taqdim etishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun: Hendrix Genetics kompaniyasining global tarmog‘i bor va ular butun dunyo bo‘ylab mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Ularning yirik ofislari va tarmoqlari ko‘plab mamlakatlarda mavjud, jumladan, AQSH, Braziliya, Yevropa, Osiyo va boshqa hududlarda.