“BMT-Ayollar” tuzilmasi direktori Samarqandga keldi
2024-yil 13-14-may kunlari Samarqandda Osiyo xotin-qizlar forumi bo'lib o'tadi. Bugun tong saharda ushbu forum ishida ishtirok etish uchun “BMT-Ayollar” tuzilmasi direktori Sima Sami Baxus (Sima Sami Bahous) hamda Turkiyaning oila ishlari va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Mahinur O'zdemir Go'ktash (Mahinur Özdemir Gökta ş) Samarqandga yetib kelishdi. .
Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.