#ADLIYA_MAHALLADA
Jumladan, Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi . FHDY, DXM, YXKM hamda "MADAD" NTT xodimlari tomonidan tumanning "Buloqboshi" mahallasida aholisi bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, ijtimoiy sohadagi huquqiy kafolatlar va davlat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir doirasida uyma-uy yurish shaklida aholining xonadoniga kirib borildi. Bu jarayonda fuqarolarning hayotiy muammolari, murojaat va takliflari o‘rganildi, ularning aksariyatiga joyida huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi.
