Shavona yo‘lini asfalt qilish ishlariga start berildi
Samarqand-Nurota avtomobil yo‘lining Shavona mahallasidan o‘tgan 6 kilometr qismini asfalt qilish ishlariga start berildi. Unda Samarqand viloyati prokurori M.Eshnazarov, tuman hokimi D.Shakarboyev, keng jamoatchilik vakillari, yo‘l qurilishi tashkiloti xodimlari ishtirok etdi.
Joriy yilda Shavona mahallasi qiyofasini tubdan yangilash va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Dastur doirasida hududda aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda, elektr ta’minoti yaxshilanmoqda, ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari rekonstruksiya qilinib, mahalla binosi yangidan bunyod etilmoqda,-dedi tuman hokimi D.Shakarboyev.