Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
25-oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan muborakbod etamiz.
O‘z hayotini el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashdek ezgu va olijanob ishga bag‘ishlagan mashaqqatli faoliyatingiz e’tirofga munosib.
Ichki ishlar organlari xodimlarini bunday mashaqqatli va sharafli kasbida muvaffaqiyat yor bo‘lsin. Oilasiga xotirjamlik, sog‘liq, omonlik va baxt tilaymiz.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin.