MILLIY LIBOS - MILLAT QIYOFASI
Milliy liboslarimiz o'zida xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analarini mujassam etgan.
Hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish xalqimiz ongida unga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini yanada oshirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasida “Milliy libos-millat qiyofasi!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish masalasi ilgari surildi.