Boburxonlik
Qo‘shrabot tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida shoh va sarkarda, benazir shoir, jahon ilm-fani hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yillik tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari va 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari asosida tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Zahiriddin Muhammad Boburning yuksak tafakkuri mahsuli bo‘lgan betakror g‘azallari g‘azalxon o‘quvchi yoshlar tomonidan o‘qib berildi.