#Seminar
#Uchinchi_kun
Axborot oqimlari ko‘payib borayotgan va texnologiya kundalik hayotda asosiy rol o‘ynaydigan zamonaviy dunyoda media tarbiya tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Media tarbiya maqsadi odamlarni axborot iste’moliga ongli yondashish, faktlarni fikrlardan farqlash, media xabarlarni tanqidiy baholash, raqamli texnologiyalardan xavfsiz va samarali foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Ayni kunlarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi tomonidan umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ullar ishtirokida “Ijtimoiy tarmoqlar ta’siri” mavzusida seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi o‘quv seminari 26-umumta’lim maktabida o‘tkazilib, tegishli soha mutaxassislari tomonidan sohada raqamli texnologiyalarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda besamar vaqt o‘tkazishini oldini olish hamda sohaga oid boshqa bir qancha muhim mavzularda ma’lumotlar berib o‘tildi.