Qo‘shrabotda ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizda har yili 1-oktabr sanasi "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni etib belgilanganligi, katta shodu xurramlik bilan bayram qilinishi ham ana shunday hurmat-ehtirom va e’zozning davlat miqyosidagi ifodasidir.
Ushbu sana munosabati bilan tuman markazida joylashgan “Mustaqillik” bazmgohida o‘tkazilgan tadbir avvalida, so‘zga chiqqanlar ta’lim jonkuyarlarini bayram bilan qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng bir guruh faol va tashabbuskor, fidoyi ustoz va murabbiylarga tuman hokimligining faxriy yorliq, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq va bolajonlarning raqslari bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat hamda zavq ulashdi.