Sayyor qabul - aholi muammolari yechimi garovi
Bugun Qo'shrabot tumani Qiyqim mahallasida tuman aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Qobulda tuman hokimi D.Shakarboyev, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Ismoilov, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mas'ullar hamda fuqarolar ishtirok etishadi.
Sayyor qabulda elektr-energiyasi, tibbiyot, ichki yo'llar ta'miri, aholi bandligini ta'minlash, moddiy yordam olish va shu kabi masalalarga murojaat qilish va takliflar yo'llandi.
Mas'ullarga tezda qisqa fursatlarda bartaraf etish, yechim topib, aholi roziligini ta'minlash vazifalari yuklatildi ijrosi nazoratga olindi.