Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli "Xonnazar" MFY aholisi uchun o'tkazildi
Bugun, 3-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov, tuman hokimining qurilish masalalari bo'yicha o'rinbosari I.Xoliqulov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida Xonnazar mahallasi aholisi uchun navbatdagi sayyor qabuli o'tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlash bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.