FVV "Harbiy qismda bir kun" loyihasi doirasida
"Harbiy qismda bir kun" loyihasi doirasida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga xizmat qilish ishtiyoqini oshirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida tumanimizdan bir guruh yoshlar Samarqand viloyati FVV harbiy qismiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida yoshlar, qutqaruvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar hamda mas'ullar tomonidan yoshlarga harbiylik, qutqaruvchilik ishi haqida ma'lumot berishdan tashqari, o‘zining qiziqarli, murakkab va sharafli xizmat faoliyati haqida so‘zlab berildi va faol yoshlar yakunda maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.