Oqchopsoy mahallasida joylashgan 51-umumiy o‘rta ta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish ishlari
Avval xabar berganimizdek, viloyat prokurori M.Eshnazarov tomonidan tumanning olis hududlarida ta'lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida 51-umumiy o‘rta ta'lim maktabiga qo‘shimcha zamonaviy yangi bino barpo etish ishlariga start berilgan edi.
Bugun, viloyat prokurori o'rinbosari D.Saidqulov, tuman hokimi D.Shakarboyev va tuman prokurori Dj.Mirsafayevlar hamrohligida 51-umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lib yangi qurilayotgan maktab binosi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, o‘rganish davomida maktab hududiga ko‘prik qurish taklifi ham bildirildi.