Jarayon
Qo‘shrabot tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish tadbirlari qizg‘in ruhda uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Hududlarni yashil maskanlarga aylantirish bo‘yicha manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Ekilayotgan nihollar kelajakda tumanimiz ko‘rkiga ko‘rk va husn qo‘shishdan tashqari hudud havosi musaffoligini oshirishda, aholi salomatligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi, shubhasiz.