#Tayinlov
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qo‘shrabot tumani boʻlinmasiga va Qo‘shrabot tuman irrigatsiya boʻlimiga rahbar tayinlandi.
Usarov Jasur Absamatovich – Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qo‘shrabot tumani boʻlinmasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
J.Usarov 1987-yil Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy,
Tayinlovga qadar u Qo‘shrabot pedagogika kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Shuningdek, Xatamov Zarif Umrqulovich – Qo‘shrabot tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Z.Xatamov 1975-yil Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy,
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston ekologik partiyasi Qo‘shrabot tuman kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.