Adliya_uyma_uy
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli Farmonida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish tuman (shahar) adliya bo‘limlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi N.Tursunov va Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi boshlig‘i D.Ubaydullayevlar boshchiligida tumanning “Boypo‘rishli” mahallasida uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Uyma-uy yurish natijasida 9 ta murojaatlar adliya bo‘limi ish yurituviga qabul qilindi.