Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan tashkilot va muassasalarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi
O‘rganish davomida tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosi, ma’naviyat va ma’rifat xonasining mavjudligi, ijtimoiy-ma’naviy muhit holati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etilganligi, “Ma’rifat soati”, “Ma’naviyat va ma’rifat o‘quvi” o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, peshlavhalar holati, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini tashkil etish, ko‘rgazmali vosita, gazeta, jurnal, kitoblar hamda adabiyotlar bilan ta’minlanganligi, ish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkazilganligi o‘rganildi.
2023-yilda tuzilgan “Yo‘l xarita” ijrosi yuzasidan olib borilgan monitoring va jamoadagi ma’naviy muhit hamda kutubxona faoliyati, o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishi ham atroflicha tahlil qilindi. Yutuq va kamchiliklar yuzasidan muhokama qilinib, qo‘shimcha tavsiyalar berildi.