"Minishkor" MFYda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Bugun, 3-iyul kuni Qo‘shrabot tumanining Minishkor mahallasida tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan hudud aholisi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash, turli xavf omillarini oldini olishga qaratilgan tibbiy ko‘rik davomida zamonaviy UZI va EKG tekshiruvlari, laboratoriya tahlillari va shu kabi 400 dan ortiq fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan salomatligida o‘zgarishlari mavjud bo‘lgan bemorlarga bepul dori vositalari hamda statsionar va ambulator sharoitda davo muolajalari olishlari uchun tavsiya va yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, mas'ullar hududdagi aholi xonadonlarida bo‘lib bemorlar bilan suhbatlashib, ularning shikoyat va takliflarini tingladi.