Qo‘shrabot tumanida “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Bugungi kunda dunyoning barcha nuqtalarida kabi yurtimizda ham kiberjinoyatchilikning qurbonlari soni ortib bormoqda. Bunday holatlarning barvaqt oldini olish hamda aholini hushyorlikka chaqirish maqsadida respublikamiz bo‘ylab, "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Xususan, Qo‘shrabot tumani IIB JTSB xodimlari tomonidan tuman aholisiga kiberjinoyatlarning turlari, virusli dasturlar, xakkerlik hujumlari, plastik kartalardan pul o‘g‘irlash kabi mavzular bo‘yicha targ‘ibot bukletlari tarqatilib, keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.