Joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, radikalizm xatari va uning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bugun, 9-oktabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Ziyaddinov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bosh mutaxassisi O.Mixliyev ishtirokida Qo‘shrabot tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, radikalizm xatari va uning oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida mas’ullar tomonidan yoshlar orasida radikalizm, ommaviy madaniyat, ijtimoiy tarmoqlardan tartibsiz va mutassil foydalanish kabi illatlardan yoshlarimizni asrash, bu borada muntazam tushuntirish ishlarini olib borish xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, “Pichot” MFY binosida mahalla faollari va ahli ishtirokida “Mahalla tinchligi-yurt farovonligidir” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, bu kabi salbiy holatlarga sabab bo‘luvchi holatlarning oldini olish bo‘yicha fikr almashildi va mahalladagi ayni vaziyat muhokama qilindi.
Bugungi kunda mahallada aholining ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, millatlararo totuvlik, hamjihatlikni ta’minlash, fuqarolarda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish kabi sifatlarni birlashtiradigan maskan sifatida shakllandi. Jamiyatimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida aholini g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilish, turli oqimlarga mansub guruhlarga qarshi kurash borasida, mahallalarda ogohlikni yo‘lga qo‘yish, bir so‘z bilan aytganda, tinchlik va barqarorlik uchun kurashmoq hayot taqozosidir. Bugun mahalla ham Vatan ichra kichik Vatan ekani inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Ana shu Vatanning tinchligi, osoyishtaligini saqlash, unda yashovchi oilalar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlash, imon-e’tiqodli avlodni tarbiyalash ishiga munosib hissa qo‘shish har bir ezgu niyatli insonning muqaddas burchi bo‘lmog‘i lozim. Jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish masalasi diqqat-e’tiborda ekanligi alohida ta’kidlkab o‘tildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi