Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Qo‘shrabot tumanida navbatdagi uchrashuv Qo‘shrabot mahallasida joylashgan 3-sektor binosida yoshlar qalbida vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda Qo‘shrabot tuman IIB mas’ullari Probatsiya guruhi hisobidagi yoshlar bilan uchrashib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. Uchrashuv jarayonida 3 nafar yoshlarning muammolari eshitib, joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida 5 nafar yoshlarning muammolarini ijobiy hal etish borasida tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.