Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Qoʻshrabot tuman Zarkent mahallasida joylashgan harbiy qismda tuman Mudofaa ishlar boʻlimi hamkorligida yoshlarda qalbida vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Y.Murtazoyev, harbiy qism komandiri podpolkovnik S.Ubaydullayev hududdagi yoshlar bilan uchrashib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda harbiy sohaga qiziquvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. Uchrashuv yakunida yoshlarga estalik sovgʻalar va faxriy yorliqlar berildi.
Shuningdek, yoshlar harbiy aslahalar va qurollar bilan yaqindan tanishish imkoniga ham ega boʻlishdi.