Xotira kechasi hamda kitob taqdimoti oʻtkazildi.
Bugun, 29-oktabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi hamda “Dilmunchoq” ijodiy klubi hamkorligida Qoʻshrabotlik marhum ijodkor Ziyoda Gʻaybullayeva hayoti va ijodiga bagʻishlangan xotira kechasi hamda “Xotira gulshani” nomli kitobi taqdimoti oʻtkazildi.
Tadbirda ijodkorning yaqinlari, sinfdoshlari, ustozlari, tashkilotlar vakillari, adabiyot ixlosmandlari va yoshlar ishtirok etishdi.
Shoirani xotirlab so‘zga chiqqanlar uning ijodi, hayoti bilan bog‘liq yorqin xotiralarni yodga olishdi va go‘zal insoniy sifatlarini eslab o‘tishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga muallifning “Xotira gulshani” kitobi taqdim etildi.