#Ona_tilim_faxrim
Qadring baland boʻlsin, ona tilim!.
Bugun, 18-oktabr kuni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosarlari X. Kubayev, S.Maxmudova, tashkilotlar xodimlari, jamoatchilik faollari, ziyolilar hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari X.Kubayev ochib berib, barcha tadbir ishtirokchilarini O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligibilan samimiy tabrikladi.
5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari tomonidan ona tilimizni tarannum etuvchi she'r, qo‘shiq, raqs va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida kitob koʻrgazmasi, tasviriy va amaliy sanʼat namunalari namoyishi ham oʻtkazildi.