#Yashil_makon
Ayni kunlarda butun yurtimiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamda bog‘ yaratish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ezgu tadbirda Qo‘shrabot tumanidagi barcha tashkilot va korxonalar rahbar va xodimlari, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishmoqda.
Xususan, Qo‘shrabot tumani IIB boshlig‘i A.U.Xaydarov rahbarligidagi ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov Navkat mahallasi hududida bog‘ yaratish, hududni yashil maskanga aylantirish maqsadida 1000 ga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazishdi.
Barcha tumandoshalarimizni ushbu umummilliy loyihada faol bo‘lishga chorlaymiz!