Daraxt ekish – ezgu amal
Bugun mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilmoqda. Shunday ezgu maqsadlar koʻzlangan holda mamlakatimiz boʻylab tashkil etilayotgan yashil makonlar orqali manzillar obod boʻlmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasidan koʻzlangan maqsad ham aslida ana shu. Bir soʻz bilan aytganda, yurt obod – koʻngil obod.
Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi Sh.Ravshanov tomonidan Qoʻshrabot tumanida joylashgan 99850-harbiy qism harbiylari bilan birgalikda 50 tup turli xildagi tumanimiz iqlimiga mos mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Harbiy qism hovlisidagi mavjud boʻsh joylarga ekilgan mazkur har bir nihol kun kelib, katta daraxtga aylangach, uning soyasi-yu mevasidan katta-yu kichik birdek bahramand bo‘ladi, olayotgan nafasimiz musaffoligi ta’minlanadi.