TASHQI REKLAMA VOSITALARI TARTIBGA KELTIRILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shrabot tumani hokimligi hamda tuman Prokuraturasi ma'sul xodimlari hamkorligida savdo majmualari, umumiy ovqatlanish joylari, xizmat ko‘rsatish obyektlariga tartibsiz, shaharsozlik me’yorlariga mos kelmagan, ruxsatsiz o‘rnatilgan, “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga to‘g‘ri kelmagan tashqi reklama vositalari tartibga keltirildi.
Tashqi reklama vositalarida yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish obyektlari va do‘kon egalariga tushuntirish ishlari olib borildi.