MILLAT BAYROG‘I
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Qo‘shrabot tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, Yoshlar ishlari tuman bo‘limi, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi, Milliy Gvardiya tuman bo‘limi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamkorligida “Millat bayrogʻi” shiori ostida bayroqlar oʻrnatilgan avtomobillar ishtirokida avtokarvon oʻtkazildi.
Unda davlat bayrogʻi oʻrnatilgan avtomobillar bilan tuman markazi boʻylab koʻcha va mahallalarda aholi qalbiga faxr-iftixor tuygʻulari ulashildi.