Yurtimizda hech bir yosh eʼtibordan chetda emas!
Insonning ezgulikka yoʻgʻrilgan yuragi urib tutar ekan, yaxshilik va ezgulik qilishdan, mehr-saxovat ulashishdan charchamaydi. Xalqimizga xos boʻlgan odamiylik, mehr-oqibat, saxovat kabi insoniy fazilatlar tumanimiz boʻylab uyushtirilayotgan tadbirlarda oʻz aksini topmoqda.
Bugun, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari masʼullari tomonidan yakka tartibda taʼlim olayotgan oʻquvchilar holidan xabar olindi va turli xildagi oʻquv qurollari, sovgʻalar ulashildi.
Jonkuyar ustozlarining hamda tengdoshlarining yoʻqlovlari, samimiy va mehrga toʻla nigohlar murgʻak qalblar chehrasiga tabassum, olam-olam shodlik bagʻishladi.