Xotin-qizlar ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini o‘tkazildi.
Bugun, 4-dekabr Qoʻshrabot tumani hokimligi, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamda Yoshlar ishlari tuman bo‘limi tomonidan Qo‘shrabot tumanidagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” global kampaniyasi doirasida “Zakovat” intellektual oʻyini o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bilimlar bellashuvi yakuniga ko‘ra,
1-o‘rinni tuman Axborot-kutubxona markazi,
2-o‘rinni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi,
3-o‘rinni Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi jamoalari egallashdi.
O‘yinning g‘olib va sovrindorlariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.