"Bir bo‘lsak -yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz"
Mamlakatimiz bo‘ylab umumtaʼlim maktablarida ""Bir bo‘lsak -yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, ayni vaqtda tuman MMTBga qarashli 64-umumta’lim maktabida ham bilimlar kuni ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirlarda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi.
Shuningdek, umumta’lim maktablarining 1-sinfiga ilk qadam qo‘ygan bolajonlarga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkalari, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.