1 DEKABR - BUTUNJAHON OITSGA QARSHI KURASH KUNI
Har yili 1-Dekabr sanasi anʼanaviy ravshan “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” belgilangan. Bu sanada OITS bilan ogʻriganlarni qoʻllab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish boʻyicha ogohlikni nazorat qilish masalalariga eʼtiborni qaratish maqsad qoʻyish.
Bugun, 30-Noyabr kuni 1 dekabr - butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo'shrabot tuman bo'linmasi tashabbusi bilan Qo'shrabot tumani “Inson” ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazi, Samarqand viloyati Davlat kadastrlar palatasi boshqarmasi Qoʻshrabot tuman filiali hamda 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkilot ishtirokida “Biz OITSga qarshimiz!” mavzusida targ'ibot chellenji o'tkazildi.