Qo‘shrabotda zamonaviy Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi binosining ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, tuman hokimligi mas’ullari, tuman sektor rahbarlari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, mahalla faollari, qishloq ahli, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi va binoda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.