Qo‘shrabot tumanida yana bir maktabgacha ta’lim tashkiloti mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
Ayni vaqtda Qo‘shrabot tumani “Mustaqillik” mahallasidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalar uchun yangi sharoitlar yaratilib, ta’mirlangan holda ochilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, keng jamoatchilik va faollar ishtirok etishdi.
Mukammal ta’mirlangan muassasa bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarga ega bo‘lib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu kabi tashabbuslar yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tishdi.