Qo‘shrabot tumanini kambag‘allikdan holi hududga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olinmoqda
Ayni vaqtda tuman hokimligi binosida tumanda kambag‘allikni qisqartirish va bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, kambag‘allikdan chiqarish hamda ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish, tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb etish, ularning huquqiy ongini oshirish borasida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, tuman hokimi D.Shakarboyev boshchiligida sektor rahbarlari, viloyat boshqarma boshliqlari, viloyat bank rahbarlari, mahallalar yettiligi hamda tuman mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tumanda kambag‘allikni qisqartirish va bandligini ta’minlash borasida mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilmoqda.