ISHSIZ AHOLINI ISH BILAN TA'MINLASH BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Bugun tuman hokimi D.Shakarboyev rahbarligida tegishli mas'ul rahbarlar va mahalla to'rtligi ishtirokida muhokama yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishda hududlarda ishsiz aholini o'zini-o'zi band qilishni ta'minlash borasidagi ishlarning mahallabay ijrosi, ishsiz va ish qidiruvchi shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish bo'yicha mavjud holat tahlil qilinib mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Xususan, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida mahallalarda yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari tomonidan aholining yosh qatlami o'rganilib, ayniqsa oilaviy sharoiti og'ir deb topilgan yoshlarga o'zlarini ish bilan ta'minlash bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ushbu yig'ilishda faoliyat samaradorligi past ko'rsatgichga ega bo'lgan mahalla to'rtliklari faoliyati natijalari tahlil qilinib, tanqidiy ko'rib chiqildi.