Navbatdagi sayyor qabul "Yuqori Saroy" MFY aholisi uchun o‘tkazildi.
Aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini hal qilish maqsadida Qo‘shrabot tumanida sayyor qabullar, rahbar va yoshlar uchrashuvlari doimiy o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov, tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari I.Xoliqulov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida Yuqori Saroy mahallasida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.
Qabul davomida bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.