Tumanda ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Bugun tuman hokimi D.Shakarboyev mas’ullar bilan birgalikda “Panterra Stroy” MCHJ tomonidan Zarkent mahallasi hududidan aholi uchun qurilayotgan 5 qavatli 45 xonadondan iborat ko‘p qavatli uylarning qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tanishish jarayonida tuman rahbari ishlarni tez va sifatli bajarish yuzasida quruvchilarga ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.