Jonbuloq mahallasi yo‘llariga asfalt yotqizilmoqda.
Yo‘llarning qanchalik ravon va tekis bo‘lishi manzilimizning yaqinligi va qulayligida muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shrabot tumanida ko‘cha va yo‘llar yildan-yilga obod va ravon bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, mahallalarda ichki yo‘llar tamoman o‘zgarib boryapti.
Xususan, ayni kunlarda tuman markazidan 80 km uzoqlikda joylashgan Jonbuloq mahallasining 6 km yo‘liga homiylar tomonidan asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
Tumanimizning chekka hududlari ham obod bo‘layotgani xalqimizning ertangi kuniga ishonchini yanada oshirmoqda, ko‘p yillik xalqimizning orzusi ushalmoqda, biz bundan g‘oyatda xursandmiz deydi mahalla ahli.
скачать dle 11.3