JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylayapti. Bu xato fikr.
Abituriyentlar hujjat topshirayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan.
Endi bugun yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q.
mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi. Pastda ham qavs ichida kirgan yo‘nalishi nomi yozilgan bo‘ladi. Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas.
Endi keyingi yildan tizim o’zgaryapti, bunda abituriyent avval test topshiradi, keyin qaysi yo’nalishda o’qishini tanlaydi. Ana o’shanda tanlash huquqi bo’ladi, joriy yilda buning iloji yo’q.