❓Apellyatsiyaga qachon berish mumkin
Abituriyentlar orasida testda xatolik bor deb o‘ylayotgan yoki natijasidan qoniqmaganlar borligi aniq. Ularda mandat e’lon qilingandan kundan boshlab 10 kun ichida apellyatsiyaga berish imkoni bor (https://hudud24.uz/test-natizhasiga-etiroz-bulsa-nima-kilish-kerak-apellyacziya-khakida-6-mukhim-savolga-zhavob/).
Masalan, mandat 20-avgust kuni chiqsa, 20-30-avgust oralig'ida arizalar olinadi.
❓ Kimlarning apellyatsiyasi ko‘rib chiqilmaydi?
Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi to‘g‘ri yetkazilmagan yoki yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovidan chiqarib yuborilgan yoki javoblarni yozma bermagan abituriyentning shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.