#Tanlov
#Xorijiy_til
????Bugun, 19-aprel kuni Qoʻshrabot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✅Tuman bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb topiladi va keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.
✅Tanlovning yakuniy natijalarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda e'lon qilamiz.