Jarayon
Navbatdagi tibbiy ko‘rik Tegirmonovul mahallasi aholisi uchun tashkil etildi
Ayni vaqtda Qo‘shrabot tumani "Tegirmonovul" MFYda joylashgan Tegirmonovul OSHPda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda.
Ushbu mahallada aholi soni 11750 nafar bo‘lib, shundan ayni vaqtga qadar 391 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi 8 nafariga tuman shifoxonasiga 2 nafariga viloyat shifoxonasiga yo‘llamalar berildi qolganlariga ambulator tavsiyalar berilib, bepul dori vositalari tarqatilmoqda.
Shuningdek, ushbu jarayonda yotoqli keksa nuroniylarning xonadonlariga tashrif buyurilib, tibbiy ko‘rik ishlari amalga oshirilmoqda.