BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi, tuman Prokuraturasi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda Jo‘sh ota mahalla binosida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
Ushbu bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasida 25 ga yaqin korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan jami 86 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashildi.
Yarmarkada ishtirok etgan 31 nafar fuqarolardan 3 nafari kasb-hunarga o’qish uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa 15 nafar fuqaro turli sohalar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklariga doimiy ish bilan joylashtirildi.