Tumanimiz nuroniylari boqiy Samarqand shahrida
Qo‘shrabot tumanidan bir guruh nuroniy otaxonlar boqiy Samarqand shahrida bo‘lishib, sayohatchilar shaharning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari bilan tanishdilar.
Sayohat davomida nuroniy otaxonlar boqiy Samarqand shahrining tarixiy obidalari bo‘lgan Registon maydoni, Go‘r Amir maqbarasi, Shohizinda majmuasi, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, shaharda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish asnosida ko‘hna shaharning tarixiy obidalari, aziz avliyolar, buyuk ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish baxtiga muyassar bo‘lgan otaxonlar safardan bir olam taassurotlar bilan qaytdilar.