Tuman markazida joylashgan 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida xorijiy tillarni o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv markazi tashkil etildi.
O‘quv markazi ochildi
Bugun ushbu o‘quv markazning ochilish marosimiga Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari H.To‘xtayev, Qo‘shrabot tumani hokimi D.Shakarboyev, sektor rahbarlari, Samarqand davlat chet tillar instituti vakillari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Samarqand davlat chet tillari instituti tashabbusi bilan 5 ta xona jihozlar, o‘quv adabiyotlar, ko‘rgazmali vositalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan.
Endilikda, mazkur o‘quv markazi o‘quvchilarga institut pedagoglari tomonidan ingliz, nemis va koreys tillari o‘qitiladi.