“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida seminar o‘tkazildi
Bugun, 14-noyabr kuni Qo‘shrabot tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi mas’ul xodimi O‘.Eshonqulov, tuman IIB mas’ul xodimi A.Bahriddinov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bosh mutaxassisi O.Mixliyev o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzu yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.
Tadbirda milliy qadriyatlarimiz, ularga rahna solayotgan omillar, ayniqsa, yoshlar ongiga taʼsir o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan informatsion xurujlarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda din erkinligini taʼminlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchlikparvar siyosat xususida “Tinchlik qadri” nomli maxsus videorolik seminar ishtirokchilariga namoyish etildi.